Jamiyat | 11:20 / 22.05.2020
8139
1 daqiqa o‘qiladi

Senat Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer bilan bog‘liq mojaroni o‘z nazoratiga oldi

Senat matbuot xizmati 21 may kuni Kun.uz saytida e'lon qilingan «Fermerning yeri g‘ayrioddiy tarzda tortib olindi. Qo‘shko‘pir tuman hokimligi fermerning imzosini qalbakilashtirgan bo‘lishi mumkin» sarlavhali maqola yuzasidan munosabat bildirdi.

Maqolada Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi «Izzat» fermer xo‘jaligi yerlari hokim qarori asosida zaxiraga qaytarilgani borasida so‘z yuritilgan.

Senat Axborot xizmatining xabar berishicha, Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi mazkur masalani o‘z nazoratiga oldi. Xorazm viloyatidan saylangan senatorlar rahbarligida Xalq deputatlari viloyat Kengashi Agrar komissiyasi a'zolari, tuman Kengashi deputatlari, tuman, viloyat fermerlar Kengashi mas'ullaridan iborat Ishchi guruhi tuzilgan.

Hozirda mazkur masala yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda. Tez kunlarda uning natijasi bo‘yicha aniq ma'lumotlar taqdim etiladi. 

Mavzuga oid