Jamiyat | 22:28 / 25.05.2020
6891
1 daqiqa o‘qiladi

Bektemirdagi maktablarda ZOOM orqali so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi

O‘zbekiston maktablarida pandemiya sharoitidagi onlayn darslar bilan yodda qolgan 2019-2020 o‘quv yili 25 may kuni yakuniga yetdi.

Foto: Bektemir tuman XTB

Karantin cheklovlari tufayli bitiruvchilarning an'anaviy «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari ham o‘tkazilmadi.

Shunga qaramay, ma'lum bo‘lishicha, Toshkent shahrining Bektemir tumanida bu an'anaviy marosim o‘zgacha tarzda – ZOOM dasturi orqali tashkil etilgan.

Tuman xalq ta'limi bo‘limidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, masofadan o‘tkazilgan mazkur tadbirni o‘tkazishda nosozliklar yuzaga kelmasligi uchun tumanning barcha o‘rta ta'lim muassasalari uchun alohida vaqtlar belgilangan va maktab bitiruvchilari so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolarini eshitishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Bektemir tuman XTB

Masofaviy tadbirda o‘quvchi va bitiruvchilardan tashqari, Bektemir tumani xalq ta'limi bo‘limi mutasaddilari, maktab rahbarlari va o‘qituvchilar ham qatnashishgan.

Ma'lumot uchun, yakunlangan o‘quv yilida tumandagi maktablarni 586 nafar 11-sinf bitiruvchilari tark etishmoqda.

Mavzuga oid