Jamiyat | 12:33 / 27.05.2020
10363
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda mashina boshqaruvini yo‘qotish o‘limga olib keldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 24 may kuni soat 18:00da haydovchi 39 yoshli K.T. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasini Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Azamat” mahallasi Nurobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomon chekkasida joylashgan Xatirchi kanalining kichik irmog‘iga tushib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi 39 yoshli M.U. tan jarohati olib, Xatirchi kanalining kichik irmog‘ining suv oqimiga tushib ketib vafot etganligi aniqlangan. M.U.ning murdasi hodisa joydan suv oqimi bo‘yicha 430 metr uzoqlikda kanalning kichik irmog‘ining suv oqimidan topilgan.

Holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, transport vositasini boshqarayotgan vaqtingizda hushyor va sergak bo‘lishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid