Jamiyat | 09:58 / 28.05.2020
11632
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda «Lasetti» ag‘darilib, yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi

YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 27 may kuni soat 01:30larda, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, “Ulug‘bek” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1058-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1980 y.t. X.T. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holda “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1984 y.t. M.T. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasiga yaqinlashib, orqa o‘ng yon tomonidan urib, YTH sodir etishi oqibatida “Lasetti” avtomobili ag‘darilgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi, 1984 y.t. X.K. (erkak) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid