Jahon | 17:45 / 01.06.2020
9232
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun eng yaxshi mamlakatlar ma'lum qilindi

Nikaragua, Ekvador, Marokash, Chernogoriya va Kosta-Rika ko‘chmas mulk eng arzon mamlakatlar deb topildi.

Foto: Jesus David Moreno / Globallookpress.com

2020 yilda ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun eng yaxshi mamlakatlar Kolumbiya, Chernogoriya va Bolgariya bo‘ldi. Remote Ventures kompaniyasi mutaxassislari ana shunday xulosaga keldi.

Ekspertlar shuningdek, Vengriya, Chili, Panama, Malayziya, Kosta-Rika, Latviya va Nikaraguani ham ana shunday mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi. 

Ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingida ulardan so‘ng Urugvay, Malta, Kipr, Turkiya, Ekvador, Beliz, Kamboja, Portugaliya, Ispaniya, Gretsiya joylashdi. Yuqori 25talikni Meksika, Marokash, Dominikana va Barbados yakunlab beradi.

Reytingni tuzishda YaIM o‘sishi, yashash qiymati, viza olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar, mahalliy valutaning dollarga nisbatan kursi, uy-joylar narxi, uni ijaraga berishdan keladigan daromad, soliqlar, uy-joy qonunchiligi, xorijlik turistlar soni, iqtisodiy barqarorlik kabi omillar hisobga olindi.

Yashash eng arzon mamlakat sifatida Kolumbiya qayd etildi. Undan keyin Marokash, Turkiya, Meksika va Bolgariya joylashdi. Nikaragua, Ekvador, Marokash, Chernogoriya va Kosta-Rika ko‘chmas mulk eng arzon mamlakatlar deb topildi.

Mavzuga oid