Yevroittifoq AQShdagi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
AQShda qora tanli erkak Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida halok bo‘lgandan keyin ommaviy noroziliklar boshlanib ketdi.
Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel AQShdagi tinch namoyishlarni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda RIA Novosti va Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yevroittifoq politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan Jorj Floydning o‘limidan larzaga tushgan. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea huquqni himoya qiluvchilarning mansabini suiiste'mol qilayotganidan darak beradi.
«Biz tinch namoyishlar o‘tkazish huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz har qanday turdagi zo‘ravonlik va irqchilikni qoralaymiz», — dedi YeI vakili AQShdagi noroziliklarni izohlarkan.
Borrel shuningdek, har bir inson hayoti qadrli ekanligini eslatib o‘tdi.
«Barchaning hayoti muhim, qora tanlilarning hayoti ham muhim», — dedi u.
AQShda qora tanli erkak Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida halok bo‘lgandan keyin ommaviy noroziliklar boshlanib ketdi. Namoyishlar talonchiliklar va tartibsizliklar bilan kechmoqda. Tartibsizliklar vaqtida bir necha kishi halok bo‘lgan. 40 ga yaqin shaharda, jumladan poytaxt Vashingtonda komendantlik soati kiritilgan. Tartibsizliklarni to‘xtatishga milliy gvardiyaning bir necha ming jangchisi safarbar qilingan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
13:14 / 25.12.2024
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
21:05 / 24.12.2024