Jamiyat | 08:52 / 09.06.2020
9292
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 3 iyun kuni soat 23:30da Sayxunobod tumani, Do‘stlik mahallasida fuqaro A.B. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida olgan tan jarohati yuzasidan uning tanishi 27 yoshli E.N. tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u tibbiy yordam kerakligini so‘rab Sayxunobod tumani Do‘stlik mahallasiga kelishliklarini ma'lum qilgan vaqtida, navbatchi feldsher 27 yoshli V.N. bilan o‘zaro og‘zaki ravishda tortishib qolishib, telefon orqali bir-birlarini haqorat qilgan.

So‘ngra tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari chaqiruvga asosan tez tibbiy yordam guruhi tarkibida bo‘lgan navbatchi shifokor 28 yoshli J.O., navbatchi feldsher V.N. chaqiruv bo‘lgan joyga yetib borgan vaqtda E.N. navbatchi feldsher V.N. bilan o‘zaro tortishib qolganligi sababli uni qo‘llari hamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Shunda, navbatchi shifokor J.O. ularni ajratmoqchi bo‘lgan vaqtida E.N. shifokorni xam qo‘llari xamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib unga tan jarohati yetkazgan.

Natijada navbatchi feldsher V.N. va shifokor J.O. tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid