Jamiyat | 11:56 / 16.06.2020
12285
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi qurbon bo‘ldi

YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 14 iyun kuni soat 20:40larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lining 135-km.da haydovchi, 1987 y.t. X.M. “Skaniya” rusumli yuk transport vositasini “Xatirchi-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1994 y.t. Sh.B. boshqaruvida bo‘lgan “Ford” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Skaniya” rusumli yuk transport vositasi haydovchisi X.M. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Ford” rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.B. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.  

Mavzuga oid