O‘zbekiston | 11:31 / 16.06.2020
11088
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika ta'lim markaziga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markaziga yangi direktor tayinlandi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri buyrug‘i bilan Shuhrat Sattorov Respublika ta'lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevral oyidan beri Shuhrat Sattorov mazkur markazda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuhrat Sattorov 2004-2008 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008-2009 yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

2018-2020 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Respublika ta'lim markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Hikmatilla Daminov Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid