Jamiyat | 15:24 / 16.07.2020
3267
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston doimiy aholisining soni 34,19 mln kishiga yetdi
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 34 million 191 ming 700 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, shundan 17 million 301 ming kishi shahar hududida va 16 million 890 ming 700 kishi qishloq joylarida istiqomat qilmoqda.
Mamlakat doimiy aholisi soni yil boshidan 285,9 ming kishiga ko‘paygan.
2020 yil 1 yanvarda bu ko‘rsatkich 33 million 905 ming 800 ming kishini, 1 aprelda esa 34 million 36 ming 756 kishini tashkil etgan.
Mavzuga oid
13:24 / 23.12.2024
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024