Jahon | 15:56 / 16.07.2020
5793
1 daqiqa o‘qiladi

XVJ jahon iqtisodiyoti xavf ostida qolayotganligini bildirdi

XVJning Yevropadagi bo‘limi rahbari Poul Tomsenning aytishicha, YeI mamlakatlari YaIM hajmi 2019 yilgi darajaga 2022 yilga kelibgina qaytishi mumkin.

Foto: REUTERS/Yuri Gripas

Jahon iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan inqirozdan asta-sekin tiklana boshladi, ammo hali ham xavf ostida qolmoqda. Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19ning ikkinchi to‘lqini yanada ko‘proq muammolar keltirib chiqarishi mumkin, deb yozmoqda Reuters.

Georgiyevaning aytishicha,  pandemiyani tutib turish va uning iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga ketayotgan xarajatlar bois qarzdorlik o‘smoqda, ammo qo‘llab-quvvatlash choralaridan voz kechishga hali erta.

«Biz hali xavfdan qutulganimiz yo‘q», — dedi u.

 Avvalroq XVJning Yevropadagi bo‘limi rahbari Poul Tomsen YeI mamlakatlari YaIM hajmi 2019 yilgi darajaga 2022 yilga kelibgina qaytishi mumkinligini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrohudud iqtisodiyoti bu yil 9,3 foizga qisqaradi.

Mavzuga oid