Jamiyat | 14:41 / 20.07.2020
6610
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqda dezinfeksiya ishlari uzluksiz olib borilmoqda

Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa bo‘limlari hamda tibbiyot birlashmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuchaytirilgan nazorat o‘rnatildi. Uzluksiz ravishda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.

Xususan, kuni kecha 50 dan ziyod shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman bo‘ylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o‘tkazildi. Mo‘ynoq tumanining odamlar gavjum bo‘lgan joylar – “Dexqon bozori”, 6 ta ko‘p qavatli uylar, 5 ta ko‘cha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari obektlari maxsus «MAN» va «ISUZU» purkagichli avtomashinalar yordamida dezinfeksiya qilindi.

Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib bordi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Mavzuga oid