O‘zbekiston | 11:58 / 21.07.2020
10749
2 daqiqa o‘qiladi

Test sinovlarida ishtirok uchun to‘lov muddati bir kunga uzaytirildi

Ta'lim muassasalarini oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar test sinovlarida qatnashish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirishi uchun qo‘shimcha bir kun muddat berildi. Bu haqida Davlat test markazi xabar bermoqda.

“Ma'lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Hozirda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud bo‘lib, ular 21 iyul kuni soat 23:59ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi”, deyiladi markaz axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlangan edi. Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni 1 484 085 nafarni tashkil etgan. 

Mavzuga oid