Jahon | 13:32 / 23.07.2020
11527
2 daqiqa o‘qiladi

Hujjatdagi xato o‘zini o‘lganga solgan jinoyatchini fosh qildi

Nyu-York yaqinidagi Hantington shahrida yashovchi fuqaro o‘z o‘limi haqida qalbaki sertifikatni taqdim qilib, odil sudlovdan qochishga urindi.

US News xabariga ko‘ra, 25 yoshli Robert Berger Lexus avtomobilini o‘g‘irlaganlikda va yuk avtomashinasini tunab ketishda ayblanib, sud hukmini kutayotgan edi. Ammo jazodan qutulib qolish uchun o‘z o‘limini sahnalashtirishga urinib ko‘rdi.

Foto: Nassau County District Attorney's Office / AP

Berger shtatni tark etdi va qallig‘i orqali advokatiga o‘z o‘limi haqidagi sertifikatni yetkazdi. Himoyachi esa uni sudga taqdim qildi.  

Dastlab Bergerning o‘limi haqidagi sertifikat shubha uyg‘otmadi va rasmiy hujjatdek ko‘rindi. Ammo prokurorlar sertifikatdagi «registration» so‘zini «regitsration» shaklida yozilganini sezib qolishdi. Hujjatning shrifti ham ularda shubha uyg‘otdi. Sog‘liqni saqlash va statistika departamenti esa sertifikatning qalbaki ekanini tasdiqladi.

Berger Filadelfiya shahri yaqinida hibsga olindi. U huquq tartibot idoralariga qalbaki hujjat taqdim qilganlikda va katolik kollejida o‘g‘rilik sodir qilganlikda ayblandi. Agar barcha ayblovlar tasdiqlansa, Berger 4 yilgacha qamalishi mumkin.

Mavzuga oid