Andijonda 1000 dollar inson hayotiga zomin bo‘ldi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 20 iyul kuni soat 23:00da Andijon viloyati Buloqboshi tumani Uchtepa MFY Bo‘ston ko‘chasida yashovchi 28 yoshli K.A. qo‘shnisi 43 R.S.dan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi qarzini so‘rab kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda ular o‘zaro janjallashib, janjal davomida K.A., tanishi 21 yoshli N.Q. hamda ukalari 25 yoshli A.A., voyaga yetmagan 17 yoshli O.A. bilan birgalikda R.S.ni o‘sha yerdagi yog‘och tayoq bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganlar. Natijada R.S. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida R.S.ga tan jarohati yetkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha K.A., A.A. va N.Q. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda tartibida ushlanganlar. Hozirda voyaga yetmagan 17 yoshli O.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:34 / 23.12.2024
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024