O‘zbekiston | 13:57 / 27.07.2020
16314
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuksalish» umummilliy harakatiga yangi rais saylandi

Bugun, 27 iyul kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi «Yuksalish» umummilliy harakati ta'sischilari yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yangi rais saylandi. Bu haqda harakat axborot xizmat xabar tarqatdi.

Foto: «Yuksalish» umummilliy harakati

Unga ko‘ra, parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a'zosi Bobur Bekmurodov harakat raisi bo‘ldi.

Foto: «Yuksalish» umummilliy harakati

B.Bekmurodov 1985 yil 5 yanvarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2005—2006 yillarda AQShning O‘zbekistondagi «Partnership for Academic development» («Akademik rivojlanish bo‘yicha hamkorlik») dasturi tinglovchisi, 2018 yilda «The John Smith Trust» (Buyuk Britaniya) menejment dasturi tinglovchisi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, muqaddam harakatga raislik qilgan deputat Akmal Burxonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangan.

Mavzuga oid