Light | 13:18 / 31.07.2020
25825
2 daqiqa o‘qiladi

Kavkazliklarning uzoq umr ko‘rish siri ochildi

Kavkazliklarning uzoq umr ko‘rish siri an'anaviy kabobda. Mahalliy aholi uni maxsus retseptlar asosida tayyorlaydi.

Foto: Kaukaz.net

Diyetolog shifokor Andrey Bobrovskiy so‘zlariga ko‘ra, kabob Kavkazning asosiy taomi hisoblanadi. 

Qo‘y go‘shti mayda qilib to‘g‘raladi, so‘ngra sixga tiqilib, mangalda, o‘tin ko‘mirida pishiriladi. Taom to‘yinmagan yog‘larning to‘g‘ri tarkibiga ega bo‘ladi, deb tushuntirdi ekspert.  

«Kavkazliklarning uzoq umr ko‘rish siri go‘sht bilan bog‘liq. To‘g‘ri, toza havo, zilol suv, sabzavotlar, mevalar ham ahamiyatli, ammo uzoq umr ko‘rish uchun qulay sharoit yog‘ning tarkibi bilan yuzaga keladi», — dedi Bobrovskiy.

Diyetologning ta'kidlashicha, kavkazliklarning kabobi boshqa hududlarnikidan farq qiladi. Eng foydali kabob baliq yoki qo‘y go‘shtidan tayyorlanadi. Uni pishirish usuli ham muhim: eng parhezkor yo‘li – grilda yoki mangalda. Shunda go‘shtdagi barcha yog‘lar pastga oqib ketadi, deb tushuntirdi ekspert.

Mavzuga oid