Jahon | 12:49 / 06.08.2020
47096
2 daqiqa o‘qiladi

«Aeroflot» avgust oyida O‘zbekistonga rejalashtirilgan barcha reyslarni bekor qildi

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi koronavirus pandemiyasi tufayli kirish yopiq bo‘lgan mamlakatlarga avgust oyida qo‘yilgan bir qancha reyslarni bekor qildi.

Foto: bblueswandaily

«Aeroflot» 31 avgustgacha bo‘lgan bir qancha xalqaro reyslarni bekor etishga majbur bo‘lganini e'lon qilmoqda. Bu qaror mamlakatlardagi epidemiologik cheklovlardan kelib chiqqan holda qabul qilindi», — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

«Aeroflot» bekor qilgan qatnovlar ichida Toshkent, Buxoro va Samarqandgacha bo‘lgan reyslar ham bor. 

Bundan tashqari, Aktau, Aktobe, Alikante, Almati, Amsterdam, Atirau, Afina, Boku, Bangkok, Barselona, Bayrut, Berlin, Bishkek, Bolonya, Bryussel, Budapesht, Burgas, Buxarest, Valensiya, Varshava, Vashington, Vena, Venetsiya, Verona, Vilnyus, Gavana, Hamburg, Hannover, Honkong, Guanchjou, Deli, Drezden, Dublin, Dyusseldorf, Yerevan, Zagreb, Iraklion, Qarag‘anda, Kishinyov, Kopengagen, Qustanay, Qizilo‘rda, Larnaka, Lion, Lissabon, Los-Anjyeles, Lyublyana, Madrid, Mayami, Malaga, Marsel, Milan, Myunxen, Neapol, Nitssa, Nur-Sulton, Nyu-York, Oslo, O‘sh, Palma-de-Mayorka, Parij, Pekin, Praga, Pxuket, Riga, Rim, Rimini, Saloniki, Sofiya, Split, Stokgolm, Tallin, Tel-Aviv, Tenerife, Tokio, Ulan-Bator, Frankfurt, Xanoy, Xelsinki, Xoshimin, Tsyurix, Shanxay, Shtutgart, Chimkent shaharlarigacha bo‘lgan reyslar ham bekor qilingan.

2020 yilning 1 may kuniga qadar chipta sotib olgan va 31 avgustgacha uchib ketishi belgilangan yo‘lovchilar vaucherni rasmiylashtirishi yoki pullarini qaytarib olishi mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.

Mavzuga oid