O‘zbekiston | 00:13 / 07.08.2020
81078
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Elyor G‘aniyev Transport vazirligini tark etdi

O‘zbekiston Transport vaziri Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etdi. Kun.uz manbasi xabar berishicha, joriy yilning 5 avgust kuni prezidentning shu haqdagi farmoni imzolangan.

Elyor G‘aniyev 2020 yilning fevralida Ochilboy Ramatov o‘rniga Transport vaziri bo‘lgandi.

Elyor G‘aniyev 2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, 2017 yil noyabridan prezident devonida sektor boshlig‘i, 2018 yil avgustidan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yilning yanvaridan 2020 yilning yanvarigacha Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.

Ayni vaqtda u qaysi ishga o‘tgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid