Lukashenko prezident saylovi o‘tkazilishi uchun shartini aytdi
Avvalroq Belarus prezidenti mamlakatda prezident saylovi qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda prezident saylovi respublikaning yangi konstitutsiyasi qabul qilinganidan keyingina o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
«Mana bunday bo‘ladi. Sizlar istaganingizdek, yangi konstitutsiya qabul qilishimiz kerak. Keyin esa xohlasangiz parlamentga ham, prezidentlikka ham, mahalliy hokimiyat organlariga ham saylov o‘tkaziladi", - dedi Lukashenko Minsk traktor zavodi jamoasi bilan uchrashuvda.
Avvalroq Lukashenko o‘sha uchrashuvda mamlakatda prezident saylovi qayta o‘tkazilmasligini aytgandi.
«Bosim ostida nimadir qilishimni aslo kutmang. Boshqa saylov bo‘lmaydi. Chunki na MZKT, na MAZ, na BeLAZ qoladi, yarim yil ichida hammasini yo‘q qilamiz»,- degandi u.
9 avgust kuni respublikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Dastlabki kunlarda namoyishchilar kuchishlatar tuzilmalarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Namoyishchilarga qarshi yengil granatalar, rezina o‘qlar, suv to‘plari ishlatildi va o‘qotar qurollardan foydalanildi. Bir necha kun ichida 7000dan ortiq odam qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
02:18 / 07.12.2024
Putin va Lukashenko xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
21:16 / 22.11.2024