Shenchjen shahri dunyoda birinchi bo‘lib 5G tarmog‘i bilan to‘liq qoplandi
Xitoyning Guandun provinsiyasida joylashgan Shenchjen shahri 5G tarmog‘i bilan to‘liq qoplangan dunyodagi birinchi shaharga aylandi. Bugungi kunda shaharda 5G tarmog‘i uchun 46,4 mingtadan ko‘proq stansiya qurildi.
Bu haqda shahar ma'muriyati rahbari Chen Juguy tarmoqning ishga tushirilishi marosimida ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, shaharda 46,4 mingtadan ko‘proq stansiya qurilgan, bu esa rejalashtirilgandan 1,5 mingta ko‘proq bazani tashkil qilgan. Shuningdek, shahar 5G tarmog‘i bilan qoplanganlik zichligi bo‘yicha Xitoyda 1-o‘rinni egallamoqda.
Shaharda tashkil etilgan 5G tarmoq avtonom ishlaydi, ya'ni u 5G’ning barcha imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va 4G aloqa standartlarisiz qo‘llanadi. Shenchjen rahbariyati shaharni Xitoyda birinchi bo‘lib yangi tarmoq bilan to‘liq qoplash vazifasini 2019 yil sentyabrida qo‘ygan.
Ayni vaqtda butun Xitoy bo‘ylab 5G infratuzilmasini qurish ishlari olib borilmoqda. Hukumat 5G foydalanuvchilari sonini 200 mlndan ko‘proqqa yetkazish uchun 2020 yil oxirigacha 800 mingga yaqin stansiya o‘rnatishni rejalashtirgan. Shu maqsadda har hafta 10 mingdan ko‘proq stansiya o‘rnatilmoqda. Xitoyning uyali aloqa operatorlari esa yaqinda 5G paketlari uchun tariflar arzonlashtirilganini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53 / 25.12.2024
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024