Jahon | 15:14 / 19.08.2020
11001
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko zavodlarda miting o‘tkazayotganlar bilan «hisob-kitob qilinishi»ni aytdi

 9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. 17 avgust kuni qator korxonalar muddatsiz ish tashlashga qo‘shildi.

Foto: RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko zavodlarda miting o‘tkazayotganlar va ish tashlashga chaqirayotganlar bilan hisob-kitob qilishga va'da berdi. U bu haqda xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytdi, deb xabar bermoqda BelTA.

 «Zavod fabrikalarning ishchilari, rahbarlariga tahdidlar va hujumlar — bizni bu ham tashvishlantiryapti. Ularni ish kunidan oldin va keyin tajovuzkor olomon orasidan o‘tishga majburlashyapti. Xuddi gestapo singari. Men ishchilarga minnatdorlik bildirmoqchiman va yerga qaramaslikka chaqirmoqchiman. Siz ishchilar bu zavodning egalarisiz, sizlarni darvoza oldida kutib olayotgan mitingchilar bilan esa hisob-kitob qilamiz», — deb ta'kidladi Lukashenko.

 9 avgust kuni respublikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Dastlabki kunlarda namoyishchilar kuchishlatar tuzilmalarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Namoyishchilarga qarshi yengil granatalar, rezina o‘qlar, suv to‘plari ishlatildi va o‘qotar qurollardan foydalanildi. Bir necha kun ichida 7000dan ortiq odam qo‘lga olindi.

 17 avgust kuni qator korxonalar muddatsiz ish tashlashga qo‘shildi. Aleksandr Lukashenko Minskdagi traktor zavodi (MZKT) ishchilari bilan muloqoti chog‘ida prezidentlik saylovi boshqa o‘tkazilmasligini aytdi.

Mavzuga oid