O‘zbekiston | 07:44 / 22.08.2020
66958
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi 

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz)dan olishlari mumkin.

DTM abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishni so‘ragan.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

«Abituriyent ruxsatnomasi» test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta'lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Mavzuga oid