Jahon | 16:36 / 24.08.2020
5799
2 daqiqa o‘qiladi

Pompeo AQSh BAAga harbiy yordam berishi mumkinligini aytdi

Isroil va BAA yaqin haftalarda ikki davlat investitsiya, turizm, aviaqatnovlar, xavfsizlik, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda qator shartnomalar imzolashi kutilmoqda.

Foto: REUTERS / Petr David Josek

AQSh Isroilning hududdagi harbiy ustunligini saqlab qolgan holda BAAga harbiy yordam berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Quddusda Isroil bosh vaziri bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng ma'lum qildi.

 "Biz Amirliklarga Erondan himoyalanish uchun harbiy yordam taqdim etish imkoniyatini o‘rganmoqdamiz, ammo buni Isroilning mintaqadagi sifatli ustunligini saqlab qolgan holda amalga oshirmoqchimiz", - dedi u.

 Mayk Pompeo Quddusda Isroil mudofaa vaziri Beni Gans va tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazi bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Pompeo Sudan, Bahrayn va BAAga boradi.

 Isroil va BAA munosabatlarni to‘liq tiklashga kelishib olgan. Yaqin haftalarda ikki davlat investitsiya, turizm, aviaqatnovlar, xavfsizlik, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda qator shartnomalar imzolashi kutilmoqda.

 Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushner sentyabrda arab mamlakatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirish maqsadida Yaqin Sharq bo‘ylab safarga chiqishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid