Jahon | 17:39 / 27.08.2020
13997
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: “Belarusning barcha oltin zaxiralari allaqachon mamlakatga qaytarilgan”

Lukashenko milliy valuta kursini kerakli darajada ushlab turish uchun Belarusda zaxira yetarli ekanligini qayd etdi va milliy bank hamda hukumatni maqtadi.

Foto: Viktor Tolochko

Belarus hukumati oltin-valuta zaxrialarini mamlakatga qaytarish to‘g‘risida avvalroq qayg‘urgandi, barcha oltin zaxiralari allaqachon qaytarilgan, dedi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko.

 "Bilgan ekanman: uch oy burun barcha oltin-valuta zaxiralari, ayniqsa oltin zaxiralarini mamlakatga qaytarish vazifasini qo‘ygandim. Oltin grammigacha mamlakatga qaytarildi", - dedi Lukashenko.

U milliy valuta kursini kerakli darajada ushlab turish uchun Belarusda zaxira yetarli ekanligini qayd etdi va milliy bank hamda hukumatni maqtadi.

 Belarus milliy bankining ma'lumot berishicha, 2020 yil boshiga ko‘ra mamlakatning oltin zaxirasi 42,2 tonnani tashkil etgan.

Mavzuga oid