Jahon | 22:50 / 29.08.2020
6590
1 daqiqa o‘qiladi

Portlendda namoyishchilar politsiya assotsiatsiyasi binosiga o‘t qo‘yishdi

Politsiyachilar yig‘ilganlarni tarqalishga chaqirgan, namoyishchilar esa bunga toshlar uloqtirish bilan javob qaytarishgan. Bir necha nafar politsiya xodimi jarohatlangan. 

Foto: RIA Novosti / Stringer

AQShning Portlend shahridagi norozilik namoyishi ishtirokchilari shahar politsiya assotsiatsiyasi binosiga o‘t qo‘yishdi va politsiya xodimlarini toshbo‘ron qilishdi.

Politsiyaning qayd etishicha, mazkur bino keyingi oylarda bir necha marta namoyishchilarning nishoniga aylangan.

Politsiyachilar yig‘ilganlarni tarqalishga chaqirgan, namoyishchilar esa bunga toshlar uloqtirish bilan javob qaytarishgan. Bir necha nafar politsiya xodimi jarohatlangan.  

Portlend va boshqa shaharlarda afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng boshlangan namoyishlar davom etmoqda. Norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketmoqda.

Mavzuga oid