Jamiyat | 15:00 / 30.08.2020
32282
2 daqiqa o‘qiladi

Rektorlar abituriyentlarga SMS yubormoqda

O‘zbekistondagi davlat OTMlari rektorlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirgan barcha abituriyentlarga xabarnomalar yubormoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, OTMlar vakillari test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etmaydi, ammo rektorlar o‘zi rahbarlik qilayotgan OTMni tanlagan abituriyentlarga murojaat yo‘llab, «ular bilan muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda».

«Abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan telefon raqamiga SMS-xabarnomalari jo‘natilib, rektor murojaati manzili ko‘rsatiladi. E'tiborli jihati, abituriyent havola orqali kirib, o‘zining pasport seriyasi va raqami yoki ro‘yxatdan o‘tishda qayd etilgan telefon raqamini kiritsa, rektorning shaxsan abituriyent nomiga yo‘llangan murojaati ochiladi.

Murojaatda imtihonlar boshlanish kuni, o‘zi topshirgan yo‘nalishga ro‘yxatdan o‘tgan talabalar soni, abituriyent ruxsatnomasini olish bo‘yicha ko‘rsatma, universitetga taalluqli qabul yangiliklarini olish mumkin bo‘lgan internet manzillari hamda savollar tug‘ilganda murojaat qilish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari va bot manzillari kiritilgan», – deyiladi xabarda.

– Hozirda 57 399 nafar abituriyentning telefon raqamlariga SMS xabarnoma orqali murojaatimni o‘qish mumkin bo‘lgan havolani yubordik. Bundan tashqari internet sifati past bo‘lgan hududlar aniqlanib, shu hududda yashovchi abituriyentlarga telefon orqali kerakli ma'lumotlar berib boramiz. Umuman olganda, bironta ham abituriyent ushbu ma'lumotlardan bexabar qolib ketmasligini ta'minlaymiz, – degan Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev.

Mavzuga oid