Jamiyat | 09:30 / 31.08.2020
10170
6 daqiqa o‘qiladi

«Farg‘ona NQIZ» MChJ: zavodda jarayonlar avtomatizatsiyasi bosqichiga start berildi

Raqamli transformatsiya biznes-jarayonlarga yangicha yondoshuvsiz ilojsiz narsa. «Jizzakh Petroleum» MChJ ishonchli boshqaruvi asosida «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ (FNQIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan tashkiliy texnologik o‘zgarishlar faoliyatning barcha jabhalariga daxldor bo‘lmoqda. Yangi boshqaruv bo‘limi esa ishlab chiqarishni boshqarishning yagona markazi hisoblanib, uning vazifasi qabul qilinayotgan qarorlarning tezligi va samaradorligini oshirishdan iboratdir.

Texnik modernizatsiya bilan bir qatorda tashkilot oldida jismonan va texnologik jihatdan eskirgan uskunalarni almashtirish, atrof muhitga ta'sirni minimal darajaga tushirish, qaror qabul qilish va raqamli nazorat modellarining maksimal samarador ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga erishish vazifasi turibdi.

FNQIZda yagona boshqaruv markazini yaratish zavod biznes transformatsiyasining qayta ishlash, logistika va sotuv tizimlarida navbatdagi muhim bosqich hisoblanadi. Yo‘lga qo‘yilayotgan yangi tizim real ma'lumotlar asosida va algoritmlarni hamda matematik modellar, eng zamonaviy raqamli tizimlarni qo‘llash orqali biznesni yagona aktiv sifatida boshqarish imkonini beradi.

Bu maqsadlar yo‘lida loyiha ishlab chiqilgan, optik tolali tarmoqni modernizatsiya qilishning zarur sxemasi yaratilgan, zarur uskunalar xarid qilingan. 40 km dan ortiq optik tolali va 45 km UPT-kabel olinib, ularni FNQIZ hududida yotqizish ishlari boshlandi.

Mazkur loyiha realizatsiyasi ortidan axborot tarmog‘idagi ma'lumotlar uzatish tezligi 2 Mbit/s dan 1 Gbit/s ga qadar oshadi va butun hududni qamrab oladi. Bu zamonaviy tarmoq texnologik va ma'muriy jarayonlarni boshqarishning avtomatizatsiyalanishiga xizmat qiladi. Tizim xom-ashyo hisob-kitobi, tayyor mahsulot hisob-kitobini umumiy server orqali yuritib, turli xizmatlarga tarqatib beradi. Shuningdek, videokuzatuv tizimi yangilanib, kengaytiriladi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonlari va zavodni qo‘riqlash bo‘yicha nazoratni kuchaytiradi.

Bundan tashqari zavodda kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimi (SKUD) – ishchilar, mehmonlar va transportning hududga kirib chiqishini dasturiy texnik vositalar nazorati va boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi va bu orqali FNQIZdagi «o‘tish nuqtalari»da (eshik, darvoza va nazorat punktlari) to‘la qayd va nazorat ostida bo‘ladi.

Bu tizimning afzalliklari yuz identifikatsiyasi bo‘lib, dastur zavod hududiga kirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarni tanib olish bilan birga ish vaqtini hisoblab borish, mehnatga haq to‘lashni hisob-kitob qilish (buxgalteriya hisobotlari bilan uyg‘unlashuvi), tashrif buyuruvchilar va xodimlar bazasini yuritish, xodimlarga oshxonada issiq ovqat berish bo‘yicha tezkor talabnomalar shakllantirish, xavfsizlik tizimi (videokuzatuv, qo‘riqlash va o‘t o‘chirish signalizatsiyasi) bilan integratsiyalanishdan iboratdir.

Ishchilar uchun IP telefoniya o‘rnatish jarayoni boshlandi. Bu telefon aloqasini tashkillashtirishda yangi texnologiya bo‘lib, sifatli va ishonchli aloqa, istagancha telefon raqamlarini qo‘shish mumkin bo‘lgan keng sig‘im imkoniyatini beradi va bu zavod xodimlarining tezkorligini oshiradi.

Bu jarayonlar ichida videokonferens aloqa ham yo‘lga qo‘yilayotganini alohida ta'kidlash lozim. Mazkur tizim mehnat unumdorligini oshirishda katta rol o‘ynaydi va koronavirus pandemiyasi davrida turli hududlardagi hamkasblar bilan muzokaralarda doimiy muloqotni ta'minlaydi.

Ish jarayonini yanada takomillashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida ma'nan eskirgan kompyuterlar va boshqa maishiy texnikalarni yanada quvvatli hamda zamonaviy dasturiy ta'minotga ega yangilari bilan almashtirish boshlandi. Ayni paytda zamonaviy kompyuter texnikasining 113ta to‘plami xarid qilindi va bo‘limlar o‘rtasida taqsimlab chiqildi.

Svetodiod ekranlar FNQIZda tobora ko‘proq ommalashmoqda va o‘zining amaliy o‘rnini topgan. Zavodning kirish qismida svetodiod ekran o‘rnatilgan, yaqin vaqt ichida tashkilot avtobus bekatida ikkinchisi o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu axborot resursi yordamida xodimlar e'tiboriga zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni va shu jumladan koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha muhim ma'lumotlar taqdim etib boriladi.

Biznesni boshqarishning prediktiv modeli (prognozlash)ga o‘tish FNQIZga yangi darajaga ko‘tarilish va samaradorlik, aktivlar ishonchliligi bo‘yicha dunyoning yetakchi tashkilotlari qatorida o‘rin olish imkoniyatini beradi.

Fursatdan foydalanib, «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ma'muriyati o‘z xodimlari va butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy tabriklaydi. Sizga va oilangizga mustahkam sog‘lik, omad, farovonlik va taraqqiyot tilash bilan birga mamlakatimiz energetik xavfsizligini ta'minlashda barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishini bildiradi.

«Farg‘ona NQIZ» MChJ matbuot xizmati

Mavzuga oid