Belarus muxolifati yangi partiya tashkil etganini e'lon qildi
Belarus muxolifatining muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi a'zosi Mariya Kolesnikova “Birgalikda” (Vmeste) deb nomlangan yangi partiya tashkil etilganini ma'lum qildi.
“Men, Mariya Kolesnikova va Viktor Babariko shtabi a'zolari “Birgalikda” deb nomlangan yangi partiya tashkil etilishini e'lon qilamiz. Yaqin orada ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlar topshiriladi. Biz birlashib, yanada kuchliroq bo‘lamiz”, deb aytgan Kolesnikova videomurojaatda.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda prezidentga tobe bo‘lmaydigan tizim yaratish kerakligini aytgandi.
Kolesnikovaning ta'kidlashicha, Belarus hozirda “siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz holatida bo‘lib, muxolifat bu inqirozdan chiqish yo‘lini biladi”. “Bugun biz yangi, teran va mas'uliyatli Belarus jamiyatini shakllantirmoqdamiz”, deb aytgan muxolifatchi.
Videomurojaatga, shuningdek, Belarus prezidenti lavozimiga sobiq nomzod va hozirda tergov izolyatorida ushlab turilgan Viktor Babariko murojaati ham qo‘shilgan. Videomurojaat qachon yozilgani noma'lum. Unda Babariko muxolifatning barcha tarafdorlarini birlashtiruvchi tuzilma tashkil etish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
“Biz ko‘zlayotgan asosiy maqsad va vazifalar – ushbu harakat muammolarni hal qila olsin. Birinchi vazifa – konstitutsiyaviy islohot o‘tkazilishini ta'minlash. Bu vazifa bugungi kundagi eng dolzarb vazifadir va shu sababli biz ushbu jarayonni yakunlashimiz lozim”, deb aytgan Babariko. Uning ta'kidlashicha, ikkinchi vazifa iqtisodiy vaziyatni yaxshilash ustida ish olib borish va odamlarga o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilish imkoniyatini berishdan iborat.
Mavzuga oid
08:43 / 05.12.2024
Gurjistonda muxolifat yetakchilari qo‘lga olinmoqda
20:18 / 04.12.2024
Gurjiston politsiyasi muxolifat partiyalarining ofislarida tintuv o‘tkazdi
19:03 / 19.11.2024
Hongkongda 2019 yilgi norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm o‘qildi
14:12 / 18.11.2024