O‘zbekiston | 16:29 / 07.09.2020
31503
2 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Yusupaliyev: «Sentabr oyida Rossiyaga aviaqatnovlar tiklanishi mumkin»

O‘zbekiston sentabr oyida Rossiyaga aviaqatnovlarni tiklashi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev «Kommersant'» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning ma'lum qilishicha, sentabr oyidan Rossiya bilan aviaqatnovlar tiklanishi mumkin.

«Rossiyaga aviaqatnovlar sentabr oyida tiklanishi ham mumkin. Ammo, shuni tushunish kerakki, biz 15 maydan boshlab karantinni ikki oy davomida ushlab turdik, keyin u yengillashtirildi, natijada kasallikning keskin o‘sishi qayd etildi va 15 avgustga qadar yana navbatdagi karantinni joriy etishga majbur bo‘ldik.

15 avgustdan boshlab u biroz yengillashtirildi va 5 sentyabrdan boshlab yangi yengilliklar joriy qilindi. Biz, barcha mamlakatlar singari, maktablar, maktabgacha ta'lim muassasalarini ochyapmiz. Endi respublikadagi vaziyatni baholash uchun vaqt kerak. Agar kasallanish holatlari kamaysa, bu aviaqatnovni tiklash uchun sharoit yaratadi», - dedi u.

Avvalroq, Transport vazirligi Rossiya shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash borasida muzokaralar davom etayotganini ma'lum qilgandi.

Bildirilishicha, nafaqat Rossiya, balki Qirg‘iziston kabi muntazam parvozlar ko‘p bo‘ladigan boshqa davlatlar bilan ham muzokaralar ketmoqda.

Bundan oldin, Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini bildirgandi.

Mavzuga oid