Jahon bozorida 5G-smartfonlar sotuvi keskin o‘sishi taxmin qilinmoqda
5G-smartfonlar savdosining 60 foizdan ortig‘i Xitoyga to‘g‘ri keladi.
2020 yil yakunlari bo‘yicha dunyo bo‘yicha beshinchi avlod mobil tarmog‘ida ishlaydigan 278 million dona smartfon sotiladi. Canalys agentligi tahlilchilari ana shunday taxmin bildirdi.
Tahlilchilarning fikricha, koronavirus inqiroziga qaramasdan, butun dunyoda smartfon bozori tiklanmoqda. Savdo mavsumida 5G-smartfonlarga bo‘lgan talab oshadi, deydi Canalys tahlilchisi Ben Stenton.
Tahlilchilarning taxminiga ko‘ra, 2021 yilda yarim milliarddan ortiq ana shunday smartfonlar sotiladi.
5G-smartfonlar savdosining 60 foizdan ortig‘i Xitoyga to‘g‘ri keladi. Hozirda bu yerda narxi 150 dollar bo‘lgan, ma'lumotlarni yuqori tezlikda qabul qiladigan va uzatadigan qurilmalarni sotib olish mumkin.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Shimoliy Amerika va Yevropa bozorlari turibdi.
Mavzuga oid
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
01:02 / 25.10.2024
Xitoyda 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 1 milliarddan oshdi
14:35 / 09.10.2024