Fan-texnika | 09:06 / 11.09.2020
15189
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar Tesla elektromobillari raqobatchisini taqdim etishdi

AQSh-Xitoy kompaniyasi Lucid Motors yangi elektrokarini taqdim etdi. Air deb nomlangan modelning savdosi 2021 yilda boshlanadi. Ushbu model Tesla elektromobillari raqobatchisi bo‘lishi e'tirof etilmoqda.

Mashinaning top versiyasi Air Dream Edition deb nomlanadi. U umumiy kuchi 1095 ot kuchini beruvchi ikkita elektr motor bilan jihozlanadi. Mashina turgan joyidan 100 km/soatgacha tezlashishi 2,5 soniyani tashkil qiladi. U bir quvvatlanishda 810 km yo‘l bosa oladi. Taqqoslash uchun, Tesla Model S modelining eng kuchli versiyasi Long Range Plus bir quvvatlanishda 647 km yo‘l bosa oladi.

2021 yilning 2-choragida yangi modelning Lucid Air Grand Touring deb nomlangan, 800 ot kuchiga ega modifikatsiyasi sotila boshlanadi. Ushbu mashina bir quvvatlanishda 830 km yo‘l bosa oladi. Uning maksimal tezligi 270 km/soatni tashkil qiladi. 

Bundan tashqari, kompaniya 2021 yil oxirida Air Touring’ning 620 ot kuchiga ega versiyasiga buyurtmalar olishni boshlaydi. Ushbu mashina bir quvvatlanishda 653 km yo‘l o‘ta oladi. Mashinaning maksimal tezligi 250 km/soatni tashkil qiladi. U turgan joyidan 100 km/soat tezlikkacha 3,2 soniyada erisha oladi.

Mavzuga oid