Toshkent shahrida ikkita kafeda yong‘in yuz berdi
Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi.
Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, kelib chiqqan vaziyat oqibatida Nukus ko‘chasi 10-uyda joylashgan «Buxoro» kafesining oshxonasi hamda Bunyodkor shohko‘chasi va Cho‘ponota ko‘chasi chorrahasida joylashgan ijarada bo‘lgan «Bistrof» kafesining qariyb 190 kv.m.ga zarar yetgan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 8ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 2 avtonarvon zudlik bilan voqea joyiga yetib keldi. Yong‘in-qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa'y-harakatlari natijasida binolarning 430 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushmagan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
21:23 / 21.12.2024