Uhan pandemiya boshidan beri birinchi xalqaro aviareysni qabul qildi
Koronavirus pandemiyasi tarqalishi markazi bo‘lgan Xitoyning Uhan shahri pandemiya sababli 7 oylik to‘xtashdan keyin birinchi xalqaro aviareysni qabul qildi.
Janubiy Koreyaning T'Way Airlines aviakompaniyasining Seul – Uhan reysini bajargan samolyoti Tyanxe xalqaro aeroportiga 16 sentyabrda mahalliy vaqt bilan soat 10:48da yetib kelgan. Samolyot shu kunning o‘zidayoq ortiga qaytgan.
Ta'kidlanishicha, endilikda ushbu reys har haftaning chorshanba kunlari Boeing 737-800 samolyotida amalga oshiriladi.
Uhanga kelgan barcha 60 yo‘lovchi 14 kunlik karantindan o‘tish uchun maxsus mehmonxonaga jo‘natilgan.
Ayni vaqtda Uhan shahri aeroporti 73 ta ichki yo‘nalish bo‘yicha reyslarni tiklagan. Aeroport har kuni 500ga yaqin reysga xizmat ko‘rsatadi. Aeroportga ichki reyslar bilan keluvchi yo‘lovchilar oqimi 2019 yilning shu davridagi ko‘rsatkichning 90 foizi darajasida tiklangan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi
23:31 / 22.10.2024
Hindiston aviakompaniyalariga bir sutkada bomba to‘g‘risida 50 ga yaqin yolg‘on xabar kelib tushdi
20:48 / 04.10.2024