Tixanovskaya Belarusga qachon qaytishi mumkinligini aytdi
Prezident saylovidan so‘ng Belarusni tark etgan Svetlana Tixanovskaya hukumat va muxolifat muzokaralar boshlaydigan bo‘lsa mamlakatga qaytishga tayyorligini aytdi.
"Muzokaralar boshlanganida, barcha siyosiy mahbuslarni qo‘yib yuborishganida, farzandlarim bilan xavfsizlikda ekanligimni his qilganimda Belarusni ozod qilish uchun albatta qaytaman", - dedi u.
Tixanovskaya Bryusselda uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildirish maqsadida Yevropada yashaydigan tarafdorlari bilan uchrashdi.
Belarus prezidentligiga sobiq nomzodni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevroparlament binosi yaqinidagi Lyuksemburg maydonida o‘nlab kishilar to‘plandi.
Avvalroq Tixanovskaya YeI tashqi ishlar vazirlari va Yevroparlament rahbari David Sassoli bilan uchrashgandi.
Svetlana Tixanovskaya 9 avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovidan so‘ng xavfsizlik maqsadida Litvaga o‘tib ketgandi.
Mavzuga oid
09:33 / 12.12.2024
YeI diplomatiyasi rahbari Tixanovskaya bilan uchrashdi
13:20 / 27.11.2023
Tixanovskaya Lukashenkoga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
11:58 / 08.11.2023
Tixanovskaya Berlinda «Belarusning do‘stlari» bilan uchrashdi
11:40 / 04.05.2023