Putinning nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi.
Rossiyalik yozuvchi Sergey Komkov Putinning nomzodini 2021 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish haqidagi arizani 10 sentyabrda Osloga jo‘natganini ma'lum qildi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov yozuvchining bu tashabbusiga izoh berib o‘tdi.
“Bu mukofotga turli odamlar ilgari surilishini bilasiz. Bu shunday taklif bilan chiqadiganlarning tashabbusi hisoblanadi. Nomzodlarni ko‘rib chiqish tartib-qoidalari bor. Agar bu borada [arizani qabul qilish] qaror qabul qilinsa ajoyib bo‘ladi, qilinmasa ham qo‘rqinchli joyi yo‘q. Bu yerda boshqa biror narsa aytish qiyin”, deb ta'kidlab o‘tgan Peskov.
Mavzuga oid
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024