Jahon | 20:33 / 03.10.2020
12510
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga chalingan Pyotr Poroshenko shifoxonaga yotqizildi

Poroshenko 29 sentyabrda koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani va uyida davolanayotganini ma'lum qilgandi.

Foto: Twitter/poroshenko

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko o‘pkaning ikki tomonlama shamollashi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Marina Poroshenko ma'lum qildi.

"Yevropeyskaya solidarnost" partiyasining Facebook sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida u nafaqat sobiq prezident, balki qizi ham COVID-19ga chalinganini aytgan.

"Pyotr Alekseyevich Kiyevdagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonalardan biriga yotqizildi. Erimda o‘pkaning ikki tomonlama shamollashi bo‘lishiga qaramasdan, u kuchli irodaga ega va buni kasallikka qarshi kurashda ko‘rsatmoqda", — dedi Marina Poroshenko.

Poroshenko 29 sentyabrda koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani va uyida davolanayotganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid