Jahon | 07:54 / 06.10.2020
22088
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov ham ozodlikka chiqarildi

Qirg‘izistonda namoyishchilar talabi bilan korrupsiya uchun sudlangan sobiq bosh vazir Sapar Isakov koloniyadan ozodlikka chiqarildi. Isakov Qirg‘iziston hukumatiga Almazbek Atambayev prezident bo‘lgan vaqtda 2017 yildan 2018 yilgacha rahbarlik qilgan.

Shuningdek, namoyishchilar talabi bilan sobiq deputatlar Ravshan Jeenbekov va Sadir Japarov ham ozod etilgan. 

Ayni vaqtda Bishkekda parlament saylovlarida yutqazgan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlar 5 oktyabrda boshlanib, kechga yaqin namoyishchilar soni 6 mingga yetgan.

Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev namoyishchilar talabi bilan Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan ozod etilgandi. Namoyishchilar va milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbariyati o‘rtasida olib borilgan muzokaralardan keyin Atambayev ozodlikka chiqarilgan

Mavzuga oid