Fan-texnika | 15:55 / 06.10.2020
8819
2 daqiqa o‘qiladi

Smartfonlar bozoridagi yetakchi kompaniyalar nomi ma'lum qilindi

Smartfonlar bozorining 50 foizdan ortig‘ini Xitoy brendlari egallagan. 

Foto: REUTERS / Michael Dalder

Samsung va Huawei smartfonlar bozorida yetakchi o‘rinlarni egalladi. Bu haqda Visual Captalist agentligi tadqiqotida ma'lum qilindi.

 Ma'lumot berilishicha, 2020 yilning ikkinchi choragida Samsung va Huawei kompaniyalarining bozordagi ulushi 20 foizdanni tashkil etgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, Huawei yetakchiligiga uning Xitoy bozoridagi ommabopligi sabab bo‘lgan.

Uchinchi o‘rinni 14 foizlik ulush bilan Apple egalladi. Shuningdek, Xiaomi, Oppo, Vivo va Lenovo bozorning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilari deb topildi.

 Qolgan brendlarning ulushi 16 foizni tashkil etgan. Smartfonlar bozorining 50 foizdan ortig‘ini Xitoy brendlari egallagan. 

 Operatsion tizimlar bozorida barcha smartfonlarning 74 foizi ishlaydigan Android so‘zsiz yetakchi deb topildi. Qurilmalarning 25 foizi iOS operatsion tizimida ishlaydi.

Shuningdek, tadqiqotda aytilishicha, dunyodagi smartfonlarning aksariyati – 29 foizi Qualcomm protsessoriga ega. MediaTek va HiSilicon protsessorlari mos ravishda 26 va 16 foizni tashkil etadi.

Mavzuga oid