Sport | 22:13 / 08.10.2020
5003
1 daqiqa o‘qiladi

Afrikalik yengil atletikachilar bir kunda ikkita jahon rekordini yangilashdi

Afrikalik yengil atletikachilar mos ravishda 12 va 15 yil davomida saqlanib kelgan ikkita jahon rekordini yangilashdi. Ugandalik Joshua Cheptegei 10 ming metrga, efiopiyalik Letesenbet Gidei esa 5 ming metrga yugurishda dunyodagi eng tez sportchilarga aylanishdi.

Foto: Getty Images

Sportchilar rekordlarni Valensiyada o‘tayotgan NN World Record Day musobaqasida o‘rnatishdi

Cheptegei 10 ming metrni 26 daqiqa 11 soniyada yugurib o‘tdi. Bu masofada avvalgi jahon rekordi 15 yil saqlanib kelgan: o‘z vaqtida efiopiyalik Kenenisa Bekele ushbu masofani 26 daqiqa 17 soniyada yugurib o‘tgan.

Letesenbet Gidei esa 5 ming metrni 14 daqiqa 6 soniya 62 millisoniyada yugurib o‘tdi. U hamyurti Tirunesh Dibaba tomonidan 12 yil avval o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Dibabaning natijasi 14 daqiqa 11 soniyani tashkil qilgan.

Mavzuga oid