Jahon | 17:16 / 08.10.2020
3429
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Uilyam "ekologik Nobel mukofoti" ta'sis etishga qaror qildi

2021 yildan boshlab Earthshot Prize mukofoti har yili besh kishi yoki tashkilotga "tabiatni himoya qilish va tiklash", "atmosferani tozalash", "okeanlarni tiklash", "chiqindisiz dunyo" va "iqlimni tiklash" yo‘nalishlarida beriladi.

Foto: Getty Images

Britaniya shahzodasi Uilyam ekologiya sohasida maxsus mukofot ta'sis etish uchun 65 mln dollarga yaqin mablag‘ ajratishini e'lon qildi.

Shahzoda CNN telekanaliga bergan intervyusida yangi mukofotni Nobel mukofotiga qiyoslar ekan, u "atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi eng nufuzli mukofot"ga aylanishiga umid bildirdi.

2021 yildan boshlab Earthshot Prize mukofoti har yili besh kishi yoki tashkilotga "tabiatni himoya qilish va tiklash", "atmosferani tozalash", "okeanlarni tiklash", "chiqindisiz dunyo" va "iqlimni tiklash" yo‘nalishlarida beriladi.

2030 yilga kelib har bir muammoni hal qilish yuzasidan kamida 50ta taklif olinishiga umid qilinmoqda.

Har bir g‘olibga 1 mln funt (1,3 mln dollar) beriladi.

Mavzuga oid