AQShda olti nafar rossiyalikka nisbatan xakerlik ayblovi e'lon qilindi
AQSh adliya vazirligi vakili ular Rossiya razvedka bosh boshqarmasining “amaldagi va sobiq xodimlari” ekanliklarini ma'lum qilgan.
AQShda 2017 yilda Notpetya virusi tarqalishiga aloqador olti nafar rossiyalikka nisbatan xakerlik ayblovi e'lon qilindi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, olti nafar rossiyalik Ukraina, Gruziyadagi barqarorlikni, Koreyadagi Olimpiada va Fransiyadagi saylovlarni izdan chiqarish chiqarish maqsadida kiberhujumlar uyushtirgan.
AQSh adliya vazirligi vakili ular Rossiya razvedka bosh boshqarmasining “amaldagi va sobiq xodimlari” ekanliklarini ma'lum qilgan.
Vashingtonning aniqlik kiritishicha, ayblanuvchilar razvedka bosh boshqarmasining 74455-bo‘linmasi tarkibiga kiradi.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
20:16 / 24.12.2024