Jahon | 15:08 / 26.10.2020
25453
1 daqiqa o‘qiladi

Japarov prezident saylovida qatnashish uchun vakolatlaridan voz kechmoqchi

Qirg‘iziston qonunlariga muvofiq, prezident vazifasini bajaruvchi yoki bosh vazir prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.

Foto: TASS

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakat bosh vaziri Sadir Japarov 10 yanvarda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi prezident saylovida ishtirok etish uchun vakolatlaridan voz kechmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

«Dekabrda vakolatlarimdan voz kechaman va boshqalar bilan birga saylovda qatnashaman», – dedi Japarov.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, u prezident saylovida qatnashish uchun vakolatlaridan voz kechishga tayyor. Qirg‘iziston qonunlariga muvofiq, prezident vazifasini bajaruvchi yoki bosh vazir prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.

Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.

Mavzuga oid