O‘zbekiston | 12:27 / 30.10.2020
24095
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Uch shoxli nerv nevralgiyasini davolashning yangi uslubi endi O‘zbekistonda

Stenford universitetidagi Anesteziologiya va og‘riq tadqiqotlari instituti inson his qilishi mumkin bo‘lgan eng kuchli og‘riq turlari reytingini tuzishdi. Reytingga ko‘ra, uch shoxli nervning yallig‘lanishi eng kuchli og‘riq berar ekan. Bu og‘riqni his qilganlar uni 10 balli shkaladan 10 ballga baholashgan. Ayollarning aytishicha, bu og‘riq tug‘ruq vaqtidagi og‘riqdan ham kuchliroqdir.

Endilikda bemorlar ushbu kasallikdan «Chinobod Fayz Plyus» klinikasining malakali shifokorlari yordamida davolanishlari mumkin.

«Uch shoxli nerv nevralgiyasi juda kuchli og‘riq bilan kechadigan kasallik bo‘lib, bemorlarda og‘riq bir necha yillar davom etadi. Shu kungacha ushbu kasallikda biz nevrologlar tomonidan konservativ davo muolajalari olib borilar va antikonvulsantlar (karbomazepin, finlepsin) bilan cheklanar edik. Ushbu taklif etilayotgan jarrohlik uslubi farmakorezistent, ya'ni ushbu dorilar bemorga yetarli yordam bermagan holatlarda juda samarali bo‘lib, o‘zining narkozsiz, tig‘siz va tez og‘riqdan xalos etishi bilan ajralib turadi. Asosiysi, uch shoxli nerv nevralgiyasi keksa yosh bemorlarda uchragani bois, bu jarrohlik amaliyotida yoshga xos cheklovlar qo‘yilmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nevrologi Majidova Yoqutxon Nabiyevna 2019 yil 6 dekabrda o‘tkazilgan xorijiy olimlar ishtirokidagi nevrologlar respublika anjumanida. Ushbu yangi innovatsion davolash uslubi xaqida anjuman ishtirokchilariga ham batafsil ma'lumotlar berildi.

Majidova Yoqutxon Nabiyevna

Uch shoxli nerv nevralgiyasining klinik namoyon bo‘lish belgilari

Ko‘p hollarda uch shoxli nerv nevralgiyasi tish og‘rig‘i singari namoyon bo‘ladi. Dastavval bemor tish og‘riqdan shikoyat qilib stomatologlarga murojaat qiladi, vrach og‘iz bo‘shlig‘ini tekshiruvdan o‘tkazadi, lekin og‘riq davom etadi. Ayrim hollarda bemorning qistovi bilan sog‘lom tishlar ham olib tashlanadi.

Shunga qaramay og‘riq boshqa tishlarda paydo bo‘ladi. Og‘riq chidab bo‘lmas darajaga yetadi, bu xuddi bemorning yuz qismiga elektr toki urgandek namoyon bo‘ladi. Tishlarni tozalash, ovqatlanish, sovuq havo va hatto gaplashish ham og‘riqni qo‘zg‘atib yuboradi.

Bemor og‘riqlardan qo‘rqib qoladi, og‘rig‘im boshlanib qoladimi deb doim qo‘rqib turadi. Og‘riq qattiq bo‘lgan vaqtlarda bemor yuzining og‘riq bo‘layotgan qismini qattiq bosishga, og‘riqni pasaytirishga harakat qiladi.

Ba'zan yuzdagi og‘riqlarga og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi og‘riqlar ham qo‘shiladi. Ko‘pincha bemorlar ketma-ket bir nechta sog‘lom tishlarini ham oldirib yuborishadi va shundan so‘ng nevropatolog qabuliga kelishadi.

Uch shoxli nerv nevralgiyasini davolash

I. Konservativ uslubda davolash:

Uch shoxli nerv nevralgiyasini davolashning konservativ bosqichida asosan antikonvulsantlar qabul qilinadi: karbamazepin (finlipsin, karbaleks). Davolashning keyingi bosqichlarida gabapentin (gabagamma, tebantin) yoki pregabalin (lirika) kabi dori vositalari qo‘llaniladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan ushbu dori vositalari ham og‘riqni yetarli miqdorda pasaytira olmay qoladi. Bunday holatlarda bemor jarrohlik yo‘li orqali davolanadi.

II. Jarrohlik uslubida davolash:

Hozirgi kunda zamonaviy tibbiyotda ikki xil uslubdagi jarrohlik amaliyotlari keng tarqalgan.

1. Uch shoxli nerv ildizining mikrovaskulyar dekompressiyasi.

Ushbu jarrohlik uslubida orqa bosh suyagi asosi chuqurchasi trepanatsiyasi amalga oshiriladi. Uch shoxli nerv ildizchalari, yuqori va pastki oldingi miyacha arteriyalari va yuqori toshsimon vena reviziyasi amalga oshiriladi. Nerv ildizchasi qon tomirlar tomonidan bosilishi aniqlangan holatda maxsus bolishcha qo‘yilib nerv ildizchasi bosilishiga barham beriladi.

Biroq nerv va qon tomir kompressiyasi har doim ham kasallikning sababi hisoblanavermaydi, bundan tashqari og‘ir somatik patalogiyaga chalingan va keksa yoshli bemorlarda ushbu jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni imkoni bo‘lmaydi.

2. Bunday holatda bemorlar uchun ikkinchi uslub qo‘llaniladi. Bu hozirgi kunda dunyoning yetakchi neyrojarrrohlik klinikalarida keng qo‘llanilib kelinayotgan uch shoxli nerv nevralgiyasini radioto‘lqinli denervatsiya qilish uslubi hisoblanadi.

Bu uslub eng samarali, boshqariluvchan va jiddiy asoratga ega bo‘lmagan uslub hisoblanib, bunda hech qanday tig‘siz va narkozsiz kichkina 3 mm lik oval teshigi orqali neyrojarrohlar maxsus elektrod yordamida kerakli joyga yetib borishadi va bemor bilan muloqot qilgan holda uch shoxli nervning zaruriy shoxini topib, radioto‘lqin yordamida uch shoxli nervning faqat og‘riq bo‘layotgan shoxining sezuvchanligi pasaytiriladi.

Jarrohlik amaliyotining barcha bosqichi rengtgen nazorati ostida o‘tkaziladi va hech qanday jiddiy asoratga ega emas. Bemorga shu kunning o‘zida uyiga ruxsat beriladi.

Radioto‘lqinli denervatsiya uslubi fizik biologik prinsiplarga asoslangan bo‘lib, biologik to‘qimalardan ultra yuqori chastotali radioto‘lqin o‘tgan vaqtda issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Kerakli joyga generatorga ulangan izolyatsiyalangan elektrod yordamida yetib boriladi.

Uslubning afzallik tarafidan biri, uch shoxli nerv ildizchalari radiochastotali destruksiyasining to‘liq boshqaruvchanligi bo‘lib, aktiv elektroddagi maxsus termodatchik orqali temperatura to‘liq nazorat qilinadi.

Muolaja samarasi bevosita operatsiya yakunida amalga oshadi. Mahalliy og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziluvchi bu muolaja bemorning qisqa muddatda tiklanishi, og‘riqlarning uzoq yillar davomida yoki umuman bo‘lmasligiga olib keladi. Rivojlangan davlatlar tajribasida ushbu davolash usuli samaradorligi 85% dan ortiqni tashkil etadi.

«Chinobod Fayz Plyus» klinikasida ushbu radioto‘lqinli denervatsiya uslubida uch shoxli nerv nevralgiyasidan aziyat chekayotgan bemorlarni samarali davolash yo‘lga qo‘yilgan.

Agar sizning yoki yaqinlaringizning uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan bog‘liq muammosi bo‘lsa, «Chinobod Fayz Plyus» klinikasining malakali shifokorlari yordamida darddan forig‘ bo‘ling. Ushbu klinikada sizni yillar mobaynida qiynab kelgan yuzingizdagi og‘riqlardan sanoqli daqiqalarda xalos bo‘lishingiz mumkin.

«Chinobod Fayz Plyus» klinikasi manzili quyida keltirilgan.

Manzil: Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasi

Telefonlar: +99891 609 56 41, +99874 322 10 40

Sayt: www.fayzplyus.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid