O‘zbekiston | 16:37 / 31.10.2020
8599
1 daqiqa o‘qiladi

Sifatsiz ko‘mirlar uchun kim javobgar? – mas'ul izohi

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari Erkin Yakubov ana shu savolga javob berdi.

“Ko‘mirni ombordan olgan paytda, muassasa rahbarlariga mahsulotning sertifikati beriladi. O‘sha sertifikat bo‘yicha olish lozim. Agar sifatsiz bo‘lsa, olmaslik kerak. Chunki briketlar ishlab chiqarilgandan keyin uch-to‘rt kun quritilishi lozim.

Agar briketni olib ketishni istamasa, biz boshqa ko‘mir bilan ta'minlaymiz. Bu bo‘yicha rahbariyatdan topshiriq olganmiz. Briketni kerakli me'yorgacha namligini pasaytirib, keyin berishimiz kerak. Olib ketadigan odam ham shundan keyin [briket quritilganidan keyin] olib ketishi kerak”, - dedi Erkin Yakubov.

Mavzuga oid