Jahon | 23:04 / 02.11.2020
11972
1 daqiqa o‘qiladi

Bolalar qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube rekordchisiga aylandi

Ingliz tilidagi bolalar qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube videoportalida 7,04 mlrddan ko‘proq marta tomosha qilinib, rekordchiga aylandi. U portalning avvalgi rekordchisi – Despacito qo‘shig‘iga ishlangan klipni ortda qoldirdi. 

Videodan kadr

Baby Shark (Kichkina akula) qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan videoga aylandi. 

Qo‘shiqni Xoup Segoyn ismli 10 yoshli janubiy koreyalik qiz ijro etgan. Klip Janubiy Koreyadagi Pinkfong ta'lim loyihasi doirasida tasvirga olingan va YouTube’da 2016 yil joylashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, qo‘shiq dastlab Janubi-Sharqiy Osiyoda, keyinroq esa AQSh va Yevropada ommalashib ketgan. 

Video tomosha qilinish bo‘yicha puertorikolik qo‘shiqchilar Luis Fonsi va Deddi Yanki ijrosidagi mashhur Despacito qo‘shig‘i klipidan o‘zib ketdi. Despacito klipi ayni vaqtga kelib 7,03 mlrd marta tomosha qilingan.

Mavzuga oid