Jamiyat | 19:59 / 03.11.2020
3140
2 daqiqa o‘qiladi

Mass-media fondi matbuot xizmati xodimlarini navbatdagi kurslarga taklif etmoqda

Mass-media fondi «Media va kommunikatsiyalar maktabi» loyihasi doirasida matbuot xizmati xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursiga qabul e'lon qildi.

Foto: Mass-media fondi

Kurslar 9–11 noyabr kunlari, soat 10:00 – 17:00 oralig‘ida tashkil etiladi.

Mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi. Kurs dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • PR – paydo bo‘lishidan hozirgi vaqtdagi roligacha
  • Maqsadli auditoriya va u bilan ishlash usullari
  • PR – kommunikatsiya: turlari va dinamikasi
  • Mediarileyshnz: jurnalistlarga yondashuv topishning usullari
  • Piarmatn va uning xususiyatlari
  • Matbuot anjumani: nazariya. Noqulay savollarga javob berish usullari
  • Feyklarni aniqlash usullari
  • Infosabab, storitelling, pablitsit kapital
  • Freyming va refreyming
  • Kamera qarshisida gapirishning sirlari
  • PR strategiya
  • Inqirozli vaziyatni qanday boshqarish mumkin
  • Inqirozga qarshi PR
  • Boshqa masalalar

Kurslar o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni amalda mustahkamlash bilan olib boriluvchi interfaol mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • kamida bir yil davomida matbuot kotibi sifatida ishlaganlik tajribasi;
  • press-reliz va boshqa matbuot materiallarini yozish texnikasi va usullarini bilish;
  • intervyu, matbuot anjumanlari va brifinglarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini bilish;
  • internet tarmog‘ida ishlash, multimedia uskunalaridan foydalanish ko‘nikmalari;

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati – 6 noyabr soat 12:00gacha.

Mavzuga oid