DTM test sinovlariga bog‘liq xarajatlarni ma'lum qildi
Davlat test markazi test sinovlari uchun mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha ma'lumotlarni ochiqladi.
Qayd etilishicha, test sinovlariga jalb qilingan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq to‘lash bir kuniga 250 848 so‘m (daromad solig‘i chiqarib tashlaganda 218 238 so‘m) miqdorida belgilangan bo‘lib, guruh nazoratchilarining ish haqi 11 578 830 120 so‘mni tashkil etdi.
- Ochiq maydonlar ijarasi uchun Botanika bog‘i, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va «Paxtakor» sport majmuasiga 127 592 394,68 so‘m to‘langan.
- Tibbiy niqoblar uchun 1 365 574 500 so‘mlik shartnoma imzolangan (900 so‘mdan - 1 517 305 dona tibbiy niqob)
- Tibbiy qo‘lqop uchun 2 124 227 000 so‘mlik shartnoma imzolangan. Bunda bir dona tibbiy qo‘lqop narxi 700 so‘mdan bo‘lib, jami 3 034 610 dona tibbiy qo‘lqop olingan.
- Ichimlik suvi uchun 1 365 574 500 so‘mlik shartnoma imzolangan. Bir dona ichimlik suvi narxi 900 so‘mdan hisoblanib, jami 1 517 305 dona ichimlik suvi olingan.
- Ruchka uchun 500 710 650 so‘mlik shartnoma imzolangan (bir dona ruchka narxi 330 so‘mdan - jami 1 517 305 dona).
- Bosh kiyim (kepka) bo‘yicha jami imzolangan shartnomalarning umumiy miqdori 1 698 320 550,60 so‘mni tashkil etgan (198 766 dona kepka uchun).
Guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarni sifatli tushlik bilan o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida har bir hududda turli korxonalar bilan shartnomalar imzolangan. Bunda har bir hududda bir nechta korxonalar taklifi o‘rganilib, ichki tanlov asosida ular ichidan eng past narx va talab darajada sifat taklif etgan korxonalar tanlab olingan.
Tushlik bo‘yicha eng katta shartnoma Toshkent shahrida tuzilgan bo‘lib, 13 kunga 12 610 dona tushlik (bir martalik idish, ovqat, salat, non, suv, bulochka)ning har biriga 31 000 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga), jami 390 910 000 so‘mga imzolangan.
Undan keyingi eng katta shartnoma Samarqand viloyatida imzolangan bo‘lib, bunda 5467 dona tushlikning har biriga 25 000 so‘mdan jami 136 675 000 so‘mlik shartnoma imzolangan.
Tushlik bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning umumiy miqdori 1 459 587 423 so‘mni tashkil etgan.
Mavzuga oid
07:50 / 17.12.2024
Har bir bankda chet eldan mablag‘ olib keladigan ishchi guruh tuziladi
17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024