Jahon | 17:44 / 05.11.2020
4654
2 daqiqa o‘qiladi

Harbiy jinoyatlarda ayblangan Kosovo prezidenti iste'foga chiqdi

Hoshim Tachi 1990-yillarda, mustaqillik uchun urush davrida dala qo‘mondoni va «Kosovo ozodlik armiyasi» rahbarlaridan biri bo‘lgan. 

Foto: Getty Images

Kosovo respublikasining beshinchi prezidenti Hoshim Tachi o‘z lavozimini tark etmoqda, deb xabar berdi AP.

U matbuot anjumanida o‘z qarori haqida e'lon qilgan. Tachi harbiy jinoyatlar sodir etish ayblovi bo‘yicha Gaaga sudida javob berish uchun lavozimini tark etmoqda.

Tachi mamlakatda «prezidentlik yaxlitligini himoya qilish uchun» shu yo‘lni tutayotganligini aytdi.

Kosovo respublikasi uzoq davom etgan nizolardan so‘ng 2008 yilda Serbiyadan ajralib chiqqanini e'lon qilgan. BMTning yuzdan ortiq a'zo-mamlakatlari uning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagan. 

Hoshim Tachi 1990-yillarda, mustaqillik uchun urush davrida dala qo‘mondoni va «Kosovo ozodlik armiyasi» rahbarlaridan biri bo‘lgan.  

Haagadagi Kosovo bo‘yicha maxsus prokuratura Tachi va  «Kosovo ozodlik armiyasi»ning yana bir necha rahbarlariga nisbatan harbiy jinoyatlar sodir etish ayblovini e'lon qildi.

Mavzuga oid