O‘zbekiston | 10:51 / 06.11.2020
15574
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. 

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga hozirga qadar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan G‘ofur Jamolov tayinlandi. 

G‘ofur Jamolov 1974 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, mutaxassisligi iqtisodchi-menejyer. 1997 yilda Namangan sanoat texnologiya institutini, 2006 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 

Bugunga qadar qator mas'ul vazifalarda ishlab kelgan.

Shuningdek, Muxtor Muhiddinov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Muxtor Muhiddinov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi mexanik, siyosatshunos. 

Muxtor Muhiddinov hozirgacha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Mavzuga oid